BIOPOLIMERLAR

BIOPOLIMERLAR (bio… va polimerlar) — barcha tirik organizmlarning hayot faoliyatida muhim rol o’ynaydigan yuqori molekulali tabiiy birikmalar. Nuklein kislotalar, oqsillar va polisaxaridlarni o’z ichiga oladi. Bulardan tashqari, aralash Biopolimerlar ham bo’lib, ularga nukleoproteid, glikoproteid, lipoproteid, glikolipid, liposaxarid va boshqalar kiradi. Asosiy Biopolimerlardan nuklein kislotalar hujayralarda genetik funktsiyani bajaradi. Oqsillar hujayralarning eng zarur tarkibiy qismi bo’lib, bir qator muhim funktsiyalarni o’taydi. Oqsilfermentlar hujayralarda ro’y berayotgan moddalar almashinuvida kimyoviy reaktsiyalarni tartib bilan va zarur tezlikda olib boradi. Muskul oqsillari, mikrob xivchinlari va hujayra vorsinkalari qisqarib, kimyoviy energiyani mexanik ishga aylantiradi. Shuning hisobiga organizmlar harakatlanadi. Qon oqsillari kislorod (gemoglobin) ni tashib, organizmni yot oqsillar (uglobulinlar)dan himoya qiladi va qon ivishida ishtirok etadi. Polisaxaridlar to’qimalar tuzilishida ishtirok etib, rezerv Biopolimerlar funktsiyasini bajaradi. Biopolimerlarning tuzilishi—molekulalarning uzoq vaqt davom etgan evolyutsiyasi natijasidir, shuning uchun ular biologik vazifasini to’la bajarishga moslashgan.