BIOSENOZ
BIOSENOZ (bio… va Yunoncha koinos — umumiy) — shart-sharoiti bir xildagi muhitga moslashib olgan va bitta joyning uzida birga yashaydigan barcha organizmlar. Biosenozda yashaydigan o’simlik hamda hayvonlar doim bir-biriga ma’lum munosabatda bo’ladi. Ularning shu munosabati hayot kechirish sharoitiga ham ta’sir ko’rsatib turadi. Biosenoz umumiy tabiiy kompleks — biogeosenozning bir qismidir. Olamning xo’jalik faoliyati Biosenozni o’zi uchun foydali tomonga qarab o’zgartirishi mumkin. Turlar urtasidagi munosabatlarning ikki va undan ko’p tur uchun qulaylik tug’diradigan xili o’zaro yordam deyiladi. Masalan, hasharotlar yordamida changlanadigan o’simliklar changni bir o’simlikdan ikkinchi usimlikka olib o’tadigan va shu bilan o’simliklarning chetdan changlanishini ta’minlaydigan hasharotlarga muhtojdir. Boshqa hollarda turlar orasidagi munosabatlar o’zaro qarama-qarshi tarzda bo’ladi. Yirtqichlikda bir tur hayvonlar boshqa tur hayvonlarni yeydi. Ikkala tur tashqi muhitning bir xildagi shart-sharoitidan foydalansayu, usha shart-sharoit miqdori cheklanib qoladigan bo’lsa, bunday turlar o’zaro raqobat tarzidagi munosabatga o’tadi. Masalan, o’simliklar yorug’lik va tuproqdagi mineral moddalar uchun raqobat qiladi. Mikroblardagi antibioz qarama-qarshi munosabatlarning o’ziga xos shaklidir. Birga hayot kechirishning boshqa shakllari ham bor. Masalan, simbioz, parazitizm. Biosenozni o’rganish amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.