BIOTIK POTENTSIAL

BIOTIK POTENTSIAL — tur populyatsiyalari individlari sonini cheklovchi omillar ta’siri bartaraf etilganidan keyin mazkur tur uchun xos bo’lgan ko’payish tezligining shartli ko’rsatkichi. Biotik potentsial tug’ilishning o’rtacha miqdori yoki mazkur tur individlarining faraz qilinganidek hech qanday to’siqsiz yer sharini bir qavat tekis qoplashi tezligida ko’payishi bilan belgilanadi. Bu tezlik fillar uchun 0,3 metr/sekund, ayrim mikroorganizmlar uchun bir necha metr/sekundga teng. Biotik potentsial bilan populyatsiyalar individlarining amalda saqlanib qoladigan soni o’rtasidagi farq muhit qarshiligini ifoda etadi. “Biotik potentsial” va «muhit qarshiligi» tushunchalari populyasiya individlari soni va kattakichikligi bilan bog’liq bo’lgan cheklovchi omillarning birgalikda ta’sirini aniqlashda foydalaniladi.