BIQSIMA RAZRYAD

BIQSIMA RAZRYAD — gazlardagi mustaqil elektr razryadi. Katodda temperatura past bo’lganda sodir bo’ladi. Katodda elektr tokining birmuncha kichik zichlikka ega bo’lishi va katta katod potentsial tushuvi V (bir necha yuz volt) bilan ifodalanadi. Biqsima razryadni katodda musbat ionlarning urilishi tufayli sodir bo’layotgan elektron emissiya va fotoelektron emissiya tufayli muttasil tutib turiladi.