BIR JINSLI BO’LMAGAN MUHITLAR OPTIKASI
BIR JINSLI BO’LMAGAN MUHITLAR OPTIKASI — optikaning sindirish ko’rsatkichi bilan bir xil bo’lmay, koordinataga bog’liq ravishda o’zgaradigan, optik jihatdan bir jinsli bo’lmagan muhitlarda elektromagnit to’lqinlarning tarqalish qonunlarini o’rganadigan bo’limi. Optik bir jinslilik muhitning sirtida va hajmida buzilishi mumkin. Fizik tabiatidan qat’i nazar, bir jinslilikning buzilishi nurning boshlang’ich tarqalish yo’nalishidan og’ishiga olib keladi. Turli sindirish ko’rsatkichlariga ega muhitlarni ajratuvchi sirtlarda nurning qaytish va sinish hodisalari yuz beradi. Muhit ichidagi sindirish ko’rsatkichi muhitnikidan farq qiladigan, mikrohajmli bir jinsli bo’lmagan joylarda nurning sochilishi kuzatiladi. Bir jinsli bo’lmagan muhitlarga xira muhitlar kiradi. Bunday muhitlarda bir jinslilik buzilgan joylarning o’lchamlari, odatda, yorug’lik to’lqin uzunligi X dan katta bo’ladi. Bir jinsli bo’lmagan muhitlarga molekulalarning issiklik harakati natijasida kichik hajmlarda muhit zichligi fluktuasiyalari (tebranishlari) hisobiga shu joydagi sindirish ko’rsatkichining o’zgarishlari sodir bo’ladigan muhitlar ham kiradi. Yorug’likni yutmaydigan dielektrik zarralarda bo’ladigan nurning sochilish intensivligi (/) X,’ ga mutanosib bo’lib, rzarra o’lchamining yorug’lik to’lqin uzunligiga nisbatiga bog’liq parametr. O’lchamlariadan ancha kichik issiklik (zichlik) fluktuasiyalari yuz beradigan muhitlarda sochilish intensivligi 1~X~* (Reley qonuni). O’lchamlari X dan ancha katta zarralardagi sochilish uchun r ning qiymati nolga yaqin va sochilish intensivligi to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lmaydi. Bunday hol yorug’likning tuman va bulutlarda sochilishida kuzatiladi.