Birinchi o‘zbek multfilmi haqida nimani bilasiz?

O‘zbek animatsiya san’ati tarixi 1965-yilda “O‘zbekfilm” studiyasida rejissyor Damir Salimov  tomonidan suratga olingan “6×6 kvadratda” nomli multfilm bilan boshlanadi. Kino tariximizda ilk multfilm sifatida qolgan mazkur asar qo‘g‘irchoqlarning mexanik harakatiga asoslangan edi.  

Dastlabki chizilgan multfilm 1969-yili suratga olingan. “Jasur chumchuq” asari o‘z davri uchun ilg‘or texnologiya asosida ishlangan edi.

1970-yilga kelib “O‘zbekfilm”da multfilm ustaxonasi tashkil qilindi. Unda animatorlar, grafika ustalari, rassomlar va boshqa ijodkorlar yangi multfilmlar ishlab chiqarish bo‘yicha maydon yaratdi.

O‘tgan yillar mobaynida turli mavzu va janrlarda ko‘plab multfilmlar yaratildi. “Uzviylik”, “G‘ildirakli uy”, “Dovyurak oshpaz”, “Kenja botir”, “Matizning sarguzashtlari”, “Cho‘ldagi ko‘l” “Mayin yomg‘ir yog‘adi”, “Miks”, “Sehrli tanbur”, “Hayot daryosi” va boshqalar shular jumlasidandir.

Fikr bildirish