BIRJA CHAYQOVCHILIGI

BIRJA CHAYQOVCHILIGI – bitimni tuzish va uni bajarish paytidagi kurslar orasidagi farqdan chayqovchilik foydasi olish maqsadida birjada qimmatli qo’g’ozlar bilan bitimlarni amalga oshirish. Birja chayqovchiligining asosiy usuli qimmatli qo’g’ozlarni muddatli sotib olish va sotishdan iborat, bunda bitim qimmatli qo’g’ozlarni kontragentga amalda berish bilan emas, balki faqat narxlardagi farqni to’lash bilan tugallanadi.