BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI SIFATLAR

BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI SIFATLAR — 17-18-asrlar bilish nazariyasidagi tushunchalar. Narsalar sifatini farklash uchun qo’llanilgan. Bu tushuncha Aristotel, Demokrit, Dekart, Gassendi, Gobbs asarlarida uchrasada, dastlabki termin sifatida uni ingliz faylasufi J. Lokk qo’llagan. J. Lokk fikricha, birlamchi yoki ob’yektiv sifatlar — uzunlik, kattalik, hajm, figura va boshqalardir; ikkilamchi yoki sub’yektiv sifatlar — rang, ovoz, maza, hid va boshqalardir.