BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO’JALIGI TASHKILOTI
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO’JALIGI TASHKILOTI (FAO) — hukumatlararo jahon tashkiloti, BMTning ixtisoslashgan muassasasi. 1945 yil tuzilgan. Vazifasi: ovqatlanish, oziq-ovqat, qishloq xo’jalik masalalari bo’yicha ma’lumotlar yig’ish va ularni o’rganish, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni ishlab chiqarish va sotishni yaxshilashga yordam berishdan iborat. Markaziy idorasi Rimda. 1999 yil oxirida tashkilotga 180 dan ortiq mamlakat a’zo bo’ldi. Rimda jahon bo’yicha qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, ishlab chiqarish va boshqalarga oid statistik to’plamlar nashr etadi.