BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING SANOATNI RIVOJLANTIRISH TASHKILOTI
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING SANOATNI RIVOJLANTIRISH TASHKILOTI (YuNIDO) — BMTning xalqaro tashkilotlaridan biri. 1966 yilda rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatini jadal taraqkiy ettirish va rag’batlantirish hamda BMTning mazkur sohasidagi faoliyatini muvofiqpashtirish maqsadida tuzilgan. Qarorgohi — Vena shahri (Avstriya)da. Yunidoga 150 davlat a’zo (1990). O’zbekiston mustaqillikka erishgach, unga teng huquqli a’zo sifatida kirdi. O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mazkur tashkilotning respublika sanoatini rivojlantirishga oid qator dasturlari ishlab chiqildi.