BIRLIKLAR TIZIMI
BIRLIKLAR TIZIMI, fizik kattaliklarning birliklar tizimi — o’lchov birliklari to’plami. Biror kattalikning boshqa kattaliklarga bog’liqligini ifodalovchi fizik qonunlar ba’zi kattaliklar uchun o’lchov birliklari belgilashga imkon beradi. Bular asosiy o’lchov birliklari deyiladi. Shulardan foydalanib boshqa kattaliklar uchun topiladigan birliklar hosilaviy o’lchov birliklari deb ataladi.