BIRRANGA TOG’LARI
BIRRANGA TOG’LARI — Taymir yarim orolining shim. qismidagi tog’lar. Krasnoyarsk o’lkasidagi Taymir (Dolganneneslar) Muxtor okrugida. Uzunligi qariyb 1100 kilometr. Eng baland joyi dengiz sathidan 1146 metr. Birranga tog’lari chuqur vodiylar bilan kesilgan yassi cho’qqili tizmalar o’lkasi. Birranga tog’larida muzliklar (umumiy maydoni salkam 30 kilometr kvadrat) bor. Asosan effuziv jinslardan tarkib topgan. Yon bag’irlari Toshloq Arktika tundrasidan iborat.