Biruk
Biruk (turkcha)-qoraxoniylar davrida dargohda faoliyat yuritgan mansabdorlardan biri. Mahmud Koshg’ariy unga shoh yonida kattalarni o’z joyiga o’tkazuvchi kishi deb izoh bergan. Biruk saroydagi mehmonlarni qabul qilish, ularga kerakli xizmatlarni tashkil etish va ularni hukmdor oldida tartib bilan o’z o’rniga o’tkazish kabi vazifalarni bajargan.