Mingdan oshiq turdagi hasharotlarni bit deyishadi, biroq odamlar bit deganda faqat o’zlariga zarar yetkazadigan bir turini nazarda tutadilar. Bitlar qon so’radigan mavjudot. Ular rosmana parazit bo’lib, odam qoni bilan oziqlanadi. Bitlar boshqa hasharotlarga qaraganda ko’proq odam bilan bog’liq hayot kechiradi. Sababi, ular o’z rivojlanishining barcha bosqichlarini inson tanasida o’tkazadi. Bosh va kiyim bitlari bu hasharotlarning tipik vakillaridir. Ular soch va kiyimlarga o’rnashgan sirkalardan ko’payadi. Sochlardagi bit tuxumlari yoki sirkalari bir-biridan ajralib turadi. Bitlar bitlagan odamning kiyimini ikkinchi bir odam kiyganda, bir tushakda yotganda juda tez o’tadi. Bitlar terlama kasalligini tarqatadi. Odamga zarar keltaridagan bosh biti butun tanada o’sgan sochlarda hatto qoshlarda ham yashaydi. Ular soch va kiyimga sepiladigan dust (zararkunanda hasharotlarga qarshi ishlatiladigan kukun) yoki boshqa dorilar bilan yo’q qilinadi. Shunisi g’alatiki, bitlarning ma’lum turlari parrandalarda va sutemizuvchilarda yashaydi, serasal asalarilarda yashaydigan turi ham bor. O’simlik shirasini so’radigan bitlar ham mavjud.

Termalgiya nima degani

Termanesterziya nima degani

Termoregulyatsiya, issiqlikni boshqarish nima degani

Tetaniya, talvasaga tutish nima degani

Tipi visshiy nervnoy deyatelnosti, oliy nerv faoliyatining tiplari nima degani

Tireotropniy gormon nima degani

Tkanevaya jidkost, to’qima suyuqligi nima degani

Tkanevaya nesovmestimost, to’qimaning mos kelmasligi nima degani

Tkanevaya terapiya, to’qima bilan davolash nima degani
