BITOM

BITOM (Bytom)— Polsha Janubidagi shahar. Aholisi 222 ming kishi (1990). Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida, tosh ko’mir metallurgiya sanoatining yirik markazi. Bitomda polimetall ruda konlari bor. Koks ishlab chiqarish, qora metallurgiya, og’ir mashinasozlik va kimyo sanoatlari rivojlangan. GES bor. 13— 14-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Shaxarga 11-asrda asos solingan.