BIVA
BIVA — Yaponiyadagi eng katta ko’l, Xonsyu orolida. Maydoni 716 kilometr kvadrat, chuqurligi 86 metrgacha. Tog’ oralig’i botig’ida joylashgan. G’arbiy qirg’oqlari baland, sharqi — past. Ko’ldan Yodo daryosi boshlanib Osaka qo’ltig’iga quyiladi. Kanallar orqali Osaka va Kioto shaharlari bilan bog’langan. Kema qatnaydi. Turizm rivojlangan.