BIVALENTLAR
BIVALENTLAR (lotincha bis — ikki marta va valens, valentis — kuchli) — meyozda yadroning bo’linishi tufayli hosil bo’lib, o’zaro chalkashgan (kon’yugatsiyalangan) gomologik xromosomalar jufti. Bivalentlar xromosomalar orasida hosil bo’lgan Xsimon figuralar — xiazmalar xromosomalar kompleksini tutib turadi. Ana shu holatda xromosomalar o’rtasida irsiy materiallar almashinuvi ro’y beradi. Odatda Bivalentlar soni xromosomalarning gaploid soniga teng bo’ladi.