BIXEVIORIZM

BIXEVIORIZM (ing. Behaviour – xulq-atvor) — XIX asning oxiri – XX asdagi amerika psihologiyasining yetakchi oqimlaridan biri. Bixeviorizm ta’limoti asosida odam va hayvon xulqida tashqi muhitdan bo’ladigan ta’sir, qo’zg’atuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan xattiharakat va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmui yotadi. Bixeviorizm XX asrning 20-yillarida yuksak darajada rivojlandi. Bixeviorizm atamasi va tadqiqot metodikalarining asosiy g’oyalari antropologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, va pedagogik fanlarga ham tadbiq etildi. Xulqni o’rganish borasida bir-biri bilan bog’liq bu fanlar Amerikada bixevioral fanlar deb ataladigan umumiy nom olgan. Hozir ko’p hollarda Bixeviorizm g’oyalari saqlanib qolgan, II-jahon urushidan keyin Bixeviorizm an‘analari qator tadqiqotlar, shuningdek dasturli ta’lim (Skinner) deb nomlangan amerikakonsepsiyalarida davom ettirilgan. Bixevioristik talqin insonni siyosiy jihatdan hulqning alohida turi sifatida ta’riflab, unga binoan ba’zi kishilar buyruq beradi qolganlari esa unga bo’ysinadi. Bixeviorizm yondashuv hokimiyatni ob‘yektiv motivlashtirishga muhim ahamiyat berib, hokimiyatni tushunishni individuallashtiradi, uni aniq shaxslar o’zaro xatti-harakati darajasidagi hodisa sifatida ta’riflaydi.