BIYA SUTI
BIYA SUTI — biyadan sog’ib olinadigan sut. Tarkibida 10-12,2% quruq modda, shu jumladan 1,6—2,4% yog’, 1,9— 2,2% oqsil, 6,3—7,2% sut qandi, 0,3— 0,4% mineral tuzlar bo’lib, S vitamini sigir sutidagiga nisbatan 10 baravar ko’p. 1 kilogramm Biya suti 500 kkal energiya beradi. O’zbekiston sharoitida qorabayir biyalari sersut bo’ladi. Bu zot biyalari 5 oyda 1600-1700 kilogrammgacha sut beradi. Biya sutidan qimiz tayyorlanadi.