BIYSK

BIYSK — Rossiya Federatsiyasi Oltoy o’lkasidagi shahar (1782 yildan). Biya daryosi bo’yidagi pristan, temir yo’l stantsiyasi. Biyskdan Oltoy orqali Mongoliya chegaras’iga olib boradigan Chuya avtomobil trakti boshlanadi. Aholisi 234,5 ming kishi (1992). Mashinasozlik (qozon, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar), yengil sanoat (tikuvchilik, poyabzal, momiqlar fabrikalari, zigir tola kombinati), oziq-ovqat (go’sht, yog’-sir kombinati, shakarqand, yog’-ekstrakt, vitamin zavodlari va boshqalar), yog’ochsozlik, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Pedagogika instituti, o’rta maxsus o’quv yurtlari, musiqa bilim yurti, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi bor. Biysk 1709 yilda harbiy qal’a sifatida vujudga kelgan.