BIZNES

BIZNES (inglizcha business) — daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo’jalik faoliyati (kasbkor, mashg’ulot); fonda olish maqsadlari ko’zlangan va qonunlarga xilof bo’lmagan har qanday tashkiliy faoliyat. Milliy (davlat) qonunlar va xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi; Biznes xo’jalik yuritish ko’lamiga qarab, yirik, o’rta va kichik turlarga bo’linadi. Yirik Biznes ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band bo’lgan, o’rta Biznes esa 20 — 500 kishi band bo’lgan korxona (firma)lar, kichik Biznes 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni kamraydi. Yirik va o’rta Biznesga, asosan, yirik ishlab chiqarish, ko’p sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik Biznes qishloq xo’jaligi, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik Biznes sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.