BLANK VEKSEL

BLANK VEKSEL — qarz miqdori, sanasi va boshqa rekvizitlardan biri yoki bir nechtasi ko’rsatilmay imzolangan (veksel egasining imzosi quyilgan) veksel. Bir-biriga ishonuvchi hamkor tomonlar o’rtasidagi veksel operasiyalarini tezlatish uchun qo’llaniladi. Blank veksellar muomalaga bank aktsepti evaziga veksel egasi (trassant) tomonidan ham, qarzdor tomonidan ham chiqarilishi mumkin.