BLASTOSISTA
BLASTOSISTA (blasto… va Yunoncha Kystis — pufakcha), blastoderma pufakchasi — sut emizuvchi hayvonlar va odam pushti (urug’langan tuxum hujayra)ning maydalanishi jarayonida hosil bo’ladigan moruladan keyingi davri; boshqa organizmlarda blastula bosqichiga mos keladi. Tarkibida embrion tuguni bo’lib, undan embrion va uning qobig’i (pardasi) hosil bo’ladi. Blastosista tashqi devoridan trofoblast vujudga keladi.