BLASTOTSEL

BLASTOTSEL (blasto… va Yunoncha Koilos — bo’shliq), segment bo’shliq, bo’linish bo’shlig’i, birlamchi tana bo’shlig’i — hayvonlar embryonal rivojlanishi davrida blastomerlar oralig’ida hosil bo’ladigan bo’shliq. Blastotsel kimyoviy tarkibiga kura atrof muhitdan farq qiladigan suyuqlik bilan to’lib turadi. Blastotsel blastulyasiyaning oxiri, ya’ni blastula davrida ancha kengayadi. Blastulyasiya jarayonida Blastotselni siljib kelayotgan hujayra elementlari asta-sekin siqib qo’yadi.