BLASTULYATSIYA

BLASTULYATSIYA — ko’p hujayrali hayvonlar tuxumi bo’linishining oxirgi davri. Bu jarayonda blastula hosil bo’ladi. Blastulyatsiyada Markaziy bo’shliq (blastosel) vujudga keladi, blastomerlar bo’linishi asinxron holatga o’tadi, mitoz tsikli vaqti uzayadi, mitotik indeks o’lchami kichrayadi va interfaza muddati oshadi. Blastulyatsiya davrida hujayralarning interfaza holatidagi yadrolarida yadrochalar paydo bo’ladi. Informasion ribonuklein kislota (iRNK) sintezi boshlanishi Blastulyatsiyaning gastrulyatsiyaga o’tishini ta’minlaydi.