BLUM

BLUM, Blyum (inglizcha bloom) — metallurgiya ishlab chiqarishining chala mahsuloti (yarim fabrikati). Odatda, kesim yuzasi kvadrat shaklli bo’lib, tomonlarining o’lchami 140 millimetrdan yuqori, uzunligi 1-6 metr. Po’lat quymalarni blumingla prokatlab yoki suyuq metalldan uzluksiz quyish mashinalarida quyib olinadi. Blumlarni prokatlab (siqib) shakldor zagotovkalar ishlab chiqariladi.