BLUMING-SLYABING

BLUMING-SLYABING — og’ir metall quymalardan yassi zagotovkalar (slyab va Blumlar) tayyorlaydigan prokat stani. Bluming-slyabingda 30 tonnagacha og’irlikdagi quymalardan slyablar, og’irligi 10-12 tonnali quymalardan esa Blumlar tayyorlanadi. Bleyr Entoni (to’liq ismi Entoni Charlz Linton Bleyr) (1953.6.5) — davlat va siyosat arbobi. Buyuk Britaniya bosh vaziri. Yurisprudentsiya ixtisosligi bo’yicha Edinburg va Oksford kollejlarini tugatgan. 1983 yildan Buyuk Britaniya parlamentining umumiy palatasi a’zosi (Sejfild okrugidan). 1984 yildan Leyboristlar partiyasining avval moliya, so’ng savdo va sanoat (1987-88), bandlik (1989— 92), ichki ishlar (1992-94) masalalari bo’yicha spikeri, 1994 yildan Leyboristlar partiyasi rahbari. 1997 yil 2 maydan Buyuk Britaniya bosh vaziri.