BOBODEHQON

BOBODEHQON — 1) dehqonchilik kasbining ustasi, Mirishkor, tajribali keksa dehqon. Dehqonchilik ishlariga mohir, o’z ishining sohibi bo’lgan dehqonlarni O’rta Osiyoda qadimdan Bobodehqon deb atashgan. Kishilar dehqonchilikda ulardan maslahatlar olishgan, ularning izidan borishga odatlanishgan; 2) O’rta Osiyo xalqlari orasidagi rivoyatlarga ko’ra, dehqonchilik homiysi, piri. Xalq orasida ekin ekish, o’rishyig’ish vaqtida » Bobodehqon qo’llasin». » Bobodehqonning quli» deb aytish shuning natijasidir.