BOBOYEV TO’XTASIN
BOBOYEV TO’XTASIN (1923.23.1, Farg’ona viloyati Jonketmon qishlog’i — 2000.15.1, Ohangaron shahri) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Belorussiya fronti, 61-armiyasining 81-o’qchi diviziyasiga qarashli 154-maxsus razvedkachilar rotasida xizmat qilgan. 1943 yil Dnepr daryosidan kechib o’tgan va qo’shinlar yetib kelgunga qadar dushmanlar hujumini jasorat bilan qaytarib turgan. Ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1944). Urushdan keyin Toshkent yuridik institutini bitirgan (1952). Kolxoz raisi, soxvoz direktori bo’lib ishlagan. 1962 yildan Ohangaron shahrida yashaydi.