BOBSLEY
BOBSLEY (inglizcha bobsleigh) — sport turi; yaxlit metalldan yasalgan chanalarda tepalikdan maxsus muzlatilgan trassalar bo’ylab uchish. Chanalarning o’zi ham Bobsley deb ataladi. Chanalar 2 va 4 o’rinli bo’lib, faqat erkaklar musobaqalashadilar. 2 o’rinli chananing uzunligi 2,7 metr, og’irligi 165 kilogramm, ekipajning vazni 200 kilogrammdan oshmasligi kerak. 4 o’rinli chanada bu ko’rsatkichlar tegishlicha 3,8 metr, 230 kilogramm, 400 kilogrammdir. Bobsley sport turi sifatida 19-asrning oxirida Shveytsariyada paydo bo’lgan. Xalqaro Bobsley va Toboggan federatsiyasi (FIBT; 1924 yil asos solingan)ga 32 mamlakat a’zo (1991). 1924 yildan qishki Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan, shu yildan jahon chempionatlari o’tkaziladi. AQSh, Shveytsariya, Germaniya, Italiya sportchilari Bobsleyda eng ko’p muvaffaqiyatga erishganlar.