BODROQ
BODROQ (bodirlash so’zidan) — makkajo’xori yoki bug’doydan tayyorlanadigan taom. Bodroqni xonaki usulda tayyorlashda qizdirilgan qozonga don solinib, kuruq qovuriladi (qozon taptini oshirish uchun unga qum ham solinadi). Don mag’zining ag’darilib oqarishi Bodroqning tayyor bo’lganligidir. Ba’zan tayyor Bodroqga shakar qiyomi purkab yumaloqlanadi (kallak Bodroq). Sanoat usulida qalamcha ko’rinishida va ta’mi mazali Bodroq guruch, bug’doy, makkajo’xori donlarini parda va po’stdan tozalab, germetik tsilindrda 10-15 ATM bosim bilan 250° haroratda ishlov berib, so’ngra bosimni keskin pasaytirish, cho’zilib kattalashgan donni qovurish yo’li bilan tayyorlanadi.