BOGOMOLOV ALEKSEY FYODOROVICH

BOGOMOLOV ALEKSEY FYODOROVICH [1913.20.5(2.6), Smolensk viloyati] — radiotexnika va radiofizika sohasidagi olim, akademik (1984). Asosiy ilmiy ishlari radiotexnika va radiofizikaga, xususan, «Orbita» tizimidagi «Molniya» yer sun’iy yo’ldoshi orqali Markaziy televideniye ko’rsatuvlarini qabul qilish uchun yaroqli katta radioteleskoplarni ishlab chiqishga doir.