Bo`ktar
Bo`ktar – geografik atama. Ba’zi bir turkiy tillarda, chuninchi qirg`iz tilida, shuningdek, o`zbek tilining bir qancha shevalarida, masalan, Zomin, G`allaorol tumanlarida tog` etagi bo`ktar deyiladi. Bu atama Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» asarida ham qayd qilingan va hozir joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, Zomin tumanida Bo`ktar – degan yo`l bor.