BOLAN YO’LAGI
BOLAN YO’LAGI — Pokistonning g’arbidagi, Makron va Sulaymon tog’lari tutashgan joydagi tog’yo’lagi. Bolan dovoni (balandligi 1792 metr), bolan daryosi vodiysi va Shirinob daryosi irmoqlaridan birining vodiysi orqali o’tiladi. Qadimgi karvon yo’llaridan biri. Sukkurdan Kvetta shahriga va undan Afg’oniston chegarasigacha boruvchi temir yo’l va shosse yo’li o’tgan.