BOLDIR PANJA BO’G’IMI
BOLDIR PANJA BO’G’IMI—katta va kichik boldir suyaklarining pastki bo’g’im yuzasi, o’ng va chap to’piqlarning bo’g’im yuzasi bilan oyoq panjasining oshiq suyagi ustki bo’g’im yuzalarining o’zaro qo’shilishidan vujudga kelgan bo’g’im. Boldir panja bo’g’imi g’altaksimon bo’g’im bo’lib, unda faqat bukilish va yozilish harakati ro’y beradi. To’piklar bo’g’imni yon tomonga bukilishdan saqlaydi, natijada yurish oson bo’ladi. Boldir panja bo’g’imini birlashtirib turuvchi boylamlar ham asosan ikki yon tomonda joylashib, bo’g’im hosil qiluvchi suyaklarni o’zaro birlashtirib turadi.