BOLG’ALASH

BOLG’ALASH — metallarga bolg’a va bosqonlarda zarb va bosim bilan ishlov berish usullaridan biri. Qizdirilgan metallga bolg’a (yoki bosqon)da ko’p marta uzlukli zarba berilsa, u deformatsiyalanib, asta-sekin ma’lum shakl va o’lchamni oladi. Metall buyumlarni ko’plab va seriyalab ishlab chiqarishda shtamplarda Bolg’alash usuli qo’llaniladi. Bolg’alashda cho’ktirish (kirishtirish), cho’zish, tekislash, yoyish, teshish jarayonlari bajariladi.