BOLT KESISH STANOGI
BOLT KESISH STANOGI — Bolt, shpilka, trubalarga rezba kesuvchi metall kesish stanogi. Plashkalar (rezba qirqish asboblari) o’rnatilgan vint kesish kallagi bilan jihozlangan. Ishlov beriladigan buyum support tiskilariga mahkamlanib, stanok staninasi bo’ylab suriladi va plashkalarga tegadi; shundan so’ng buyum harakatini plashkalar amalga oshiradi va rezba kesadi. Ishlov berilgandan so’ng plashkalar buyumni avtomatik tarzda bo’shatadi. Bolt kesish stanogining ish unumdorligi tokarlik va rezba frezalash stanoklarinikiga nisbatan yuqori.