BOMARSHE (BEAUMARCHAIS) PER OGYUSTEN KARON DE

BOMARSHE (BEAUMARCHAIS) PER OGYUSTEN KARON DE (1732.24.1— Parij — 1799.18.5) — frantsuz dramaturgi. Dastlabki pyesalari «Yevgeniya» (1767), «Ikki do’st» (1770) da ijtimoiy tengsizlik qoralanadi. «Xotiralar» pamfleti (1773-74) da Bomarshening demokratik qarashlari o’z aksini topgan. «Seviliya sartaroshi» (1775), «Figaroning uylanishi» (1784) Bomarshega jahonshumul shuhrat keltirdi. «Figaroning uylanishi» da yozuvchi oddiy xalq vakili — Figaroning aql-zakovatini ulug’lab, aslzoda Almavivning johil va nodonligidan kuladi. Bomarshe komediyalari jahon teatr sahnalaridan munosib o’rin egallagan. Ular asosida yaratilgan «Seviliya sartaroshi», «Figaroning uylanishi» operalari Navoiy nomidagi teatrda sahnalashtirilgan.