BO’O’M DARASI

BO’O’M DARASI — Qirg’iziston Respublikasidagi chuqur tor dara. Qirg’iziston Olatovi bilan kungay Olatovi orasida. Bo’o’m darasidan Chuy daryosi oqib o’tadi. Uzunligi 30 kilometr. Dengiz sathidan 1500 metr balandlikda. Bo’o’m darasi 10-11 asrlarda Jilariq deb atalgan. Mahalliy aholi Bo’o’m darasini Ulan deb ataydi. Bo’o’m mongol tilida «Tor dara» demakdir. Bu so’zdan tuzilgan joy nomlari Sibirda ayniqsy ko’p uchraydi. Bo’o’m darasidan Bishkek bilan Baliqchi shaharlarini bog’laydigan avtomobil va temir yo’llar o’tadi.