Bora nima?

Buni hammadan ham ko’ra novorossiysklar yaxshiroq bilsa kerak. Bu yerda har yili, taxminan, 40 kun shimoli-sharqdan kuchli sovuh shamol — bora turadi. Bu nom yunoncha «borey» so’zining o’zgargan shaklidir va u ko’hna yunon rivoyatlaridagi shimoldan esadigan sovuq shamolni anglatadigan iloha otidan olingan. Gohida Boraning tezligi, kuchli dovulning tezligiday, sekundiga 40 metrgacha etadi va 3-4 kun davom etadi.

Bora Novorossiyskdan boshqa joylarda ham esadi. U yuksak tog’ qoyalari iliq dengiz bilan yonma-yon bo’lgan Dalmasiyaning Andriatika sohili, Baykal ko’li bo’ylari kabi boshqa mintaqalarda ham kuzatiladi.

Bora sovuq havoning tog’ tizmasi orqali o’tishidan hosil bo’ladi. Dora dengiz sohilini shimoli-garbdan o’rab turadigan Varada tog’ tizmasining Novorossiysk mintaqasida egarga o’xshash Marxot dovoni bor.

Sovuq shamol atmosfera bosimlarining keskin o’zgarishi sababli va sovuq shamolning shimoldan iliq dengizi havosi ustiga bostirib keluvchi qo’shimcha og’irlik kuchi bilan dovondan oshib dengizga intiladi. Havoning keskin sovib ketishi noxush oqibatlarga olib keladi. Bora qishda essa, havo sovib ketib, bandargohda turgan kemalarning atrofini muz qoplab qoladi. Bunday muz shamol sachratgan tomchilar va to’lqinlar yopirilib kelishi natijasida muvozanat yo’qolib, ag’darilib tushgan hollari ham bo’lgan.