BORDO SUYUQLIGI

BORDO SUYUQLIGI — o’simliklarning zamburug’li va bakterial kasalliklariga karshi ishlatiladigan preparat. Mis kuporosi (to’tiyo) ning ohak eritmasi bilan 1:1 nisbatdagi aralashmasi. 10 l 1% li Bordo suyuqligi tayyorlash uchun 100 gramm mis kuporosiga 3 — 4 l issiq suv quyib, yog’och, shisha yoki sopol idishda aralashtiriladi, so’ng qolgan suv sovuq holda 5 litrga yetguncha qo’shiladi. Boshqa idishda 5 litr suvda 150 grramm ohak eritiladi, ya’ni so’ndiriladi. Mis kuporosi eritmasi ohakli eritma (aksincha mumkin emas) ustiga quyiladi. Bunday aralashma Bordo suyuqligi deb ataladi, uni aynan ishlatish oldidan tayyorlanadi. O’zbekistonda Bordo suyuqligi ko’proq mevalarning barg bujmayishi, kalmaraz, antraknoz, shuningdek beda, sabzavot va boshqa ekinlarning qo’ng’ir dog’iga hamda shu kabi boshqa zamburug’li kasalliklarga qarshi qo’llanadi. O’simliklar mis kuporosi bo’yicha 1% li eritma bilan vegetatsiya davrida purkaladi. Preparatning sarf normasi 12-15 kilogramm/gramm, suyuqlik sarfi 500-800 litr/gradus.