BORE ALATLANTIKA OBLASTI

BORE ALATLANTIKA OBLASTI — Dunyo okeani zoogeografiya oblastlaridan biri. Arktikaning Janub va Atlantika okeanining shimol qismini egallagan. Bore Alatlantika Oblastining Arktika oblasti bilan chegarasi shimolda Nyufaundlendning Sharqiy sohillaridan Islandiyagacha, undan Barents dengizining Markaziy qismigacha boradi. Janubda Bore Alatlantika Oblastining shartli chegarasi Delaver ko’rfazidan Ispaniyaning shimol qirg’oqlarigacha bo’lgan chiziq bo’ylab o’tadi. Bu oblast fizik-geografik xususiyatlariga binoan Borealpasifik oblastiga o’xshab ketadi, lekin undan Janub va shimol qismlaridagi suv yuzasi harorati o’rtasidagi farqning katta bo’lmasligi, suvining absolyut chuqurligi va hajmining kam bo’lishi, ayrim sayoz dengizlar suvining kam sho’rlanganligi bilan farq qiladi. Bore Alatlantika Oblastida odam faoliyatining hayvonlar yashash sharoitiga ta’siri juda katta. Bore Alatlantika Oblasti dengizlari faunasi Borealpasifik oblast faunasiga nisbatan uncha boy emas, antropogen omillarning ta’siri kuchli. Sut emizuvchilardan Biskay Kiti, oqbiqin delfin, uzuntumshuq tyulen endemik hisoblanadi. Atlantika delfini kenja turi — afalina va qora dengiz delfini bu oblast uchun xos, Bore Alatlantika Oblastining shimol sharqida, uning Arktikaga yondosh qismida Grenlandiya tyuleni uchraydi. Qushlardan Baliqchi qushlar, oddiy gagarka (Arktika oblasti chegarasila), tentakqush va kichik bo’ron qushi; treska Simon va ssldsimonlardan merluza, piksha (endemik), Atlantika seldi, Atlantika treskasi, Boltiq seldi (salaka) va boshqa bir qancha turlari ana shu oblast uchun xosdir. Delfinlardan dengiz cho’chqasi, qushlardan tentakqush va shimol kochurga, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va ninaterililarning ayrim turlari ham amfiboreal hisoblanadi. Hozirgi davrda Bore Alatlantika Oblastida tarqalgan bir qator turlarni muhofaza qilish maqsadida bir qancha hayvonlarni ovlashni cheklash yoki butunlay man qilish choralari ishlab chiqilmoqda. Biroq aholining Bore Alatlantika Oblasti dengizlari sohillarida juda zich joylashganligi, odam xo’jalik faoliyatining intensivligi hayvonlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni qiyinlashtiradi.