BOREAL ORGANIZMLAR

BOREAL ORGANIZMLAR — Shimoliy yarim sharning mo’tadil qismida yashaydigan dengiz organizmlari. Boreal iqlim asosan qirg’oqoldi (litoral va sublitoral) zonalarda yashaydi. Dunyo okeanining chuqur (batial) qatlamlarida harorat pastligi va yorug’lik yetishmasligi sababli Boreal iqlim juda kam. Litoral va sublitoral qatlamlarda qo’ng’ir va qizil suvo’tlar, ayniqsa midiya, ustrisa, dengiz taroqchalari, qisqichbaqasimonlar, shuningdek baliqlar ko’p. Bu organizmlarning biomassasi nihoyatda katta. Boreal iqlimning ba’zilari biologik mahsuldorligi jihatidan katta ahamiyatga ega. Masalan, baliqlardan seld, treska, skumbriya, losos, kambala ko’plab ovlanadi. Hayvonot va o’simlik boyligini ko’paytirish maqsadida Boreal iqlim yangi hududlarda iqlimlashtirilmoqda. Masalan, Kaspiy dengizida kefal, orolda Boltiq salakasi iqlimlashtirilgan.