BORIS GODUNOV

BORIS GODUNOV [taxminan 1552 1605. 13 (23).4] — rus podshosi (1598 yildan), boyar Fyodor Godunovning o’g’li. Ivan IV saroyida tarbiyalangan. Ivan IV vafot etgach (1584), shoh Fyodor (1584— 98) ning yagona Regenti bo’lib qoladi va amalda mamlakatni boshqardi. Ivan IV siyosatini davom ettirdi. Podsho Fyodor vafot etgach (1598), Zemskiy sobor Boris Godunovni podsho qilib sayladi. Boris Godunov Polsha bilan bo’lgan sulh muddatini uzaytirib, Shvetsiyaga qarshi urush boshladi (1590-93). Natijada Livon urushi (1558-83) davrida qo’ldan ketgan yam, Oreshek, Ivangorod va boshqa shaharlarni Rossiyaga qaytarib oldi. Boris Godunov davrida Sibir va mamlakatning Janub rayonlarini mustamlakaga aylantirish boshlangan.