BOSH SKELETSIZLAR
BOSH SKELETSIZLAR, boshqutisizlar (Acrania) — xordalilar kenja tipi, ayrim ma’lumotlarga ko’ra, bosh xordalilar sinfi. Boshi ixtisoslashmagan, bosh qutisi bo’lmaydi (nomi ham shundan olingan). Tanasi va ayrim ichki organlari, jumladan ayirish sistemasi va jinsiy bezlari hamda muskullari segmentlashgan (bo’g’imlarga bo’lingan). Sezgi organlari sodda tuzilgan, faqat terisida va nerv nayi bo’ylab sezgir hujayralar joylashgan, yuragi bo’lmaydi, qisqarib turuvchi aortasi yurak funktsiyasini bajaradi. 2 urug’i (lantsetniklar, asimmetron) ma’lum. Atlantika va tinch okeani dengizlarida keng tarqalgan.