BOSHPANA HUQUQI
BOSHPANA HUQUQI — hozir xalqaro va davlat ichki huquqiga oid tushuncha. Xalqaro huquqda Boshpana huquqi asosiy xalqaro huquqiy odatlarga, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyam 1967 yil 4 dekabrda qabul qilgan hududiy boshpana to’g’risidagi deklarasiyasiga binoan amalga oshiriladi. Davlat ichki huquqida Boshpana huquqi hozirgi Demokratax davlatlarning Konstitutsiya va qonunlariga ko’ra, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga beriladigan alohida shaxsiy huquq. Ajnabiy o’z vatanida siyosiy, diniy, ilmiy va boshqa shunga o’xshash asoslar bo’yicha ta’qibga uchragan taqdirda Boshpana huquqi unga boshqa davlat hududida, noma’lum uzoq vaqt qolish imkoni tug’ilgan paytda beriladi. Boshpana huquqi harbiy jinoyatchilar va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan aybdor shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Siyosiy boshpana ajnabiyga o’z-o’zidan fuqarolik berilishini bildirmaydi. Davlat ushbu shaxsga boshpana berish bilan uni ta’qib etgan davlat qo’liga topshirmaslik majburiyatini zimmasiga oladi.