BOSHQARILADIGAN GAZ MUHITI
BOSHQARILADIGAN GAZ MUHITI — germetik berk kameralarda sun’iy yaratilgan atmosfera. Sanoat usulida sabzavot, meva, uzum va boshqalarni uzoq saqlashda qo’llaniladi. Muayyan harorat, namlik va gaz muhiti talab etiladi. Masalan, 3% SO2, 5% O2, 92% N tarkibli muhitda va namlik 90-98%, harorat 02° da uzumni 8-9 oygacha sifatini buzmay saqlash mumkin. Gaz muhitining mo’tadilligi gazogeneratorlar bilan ta’minlab turiladi. Yirik omborxonalarda qo’llaniladi.