BOSHQARILADIGAN KAPITALIZM NAZARIYASI

BOSHQARILADIGAN KAPITALIZM NAZARIYASI — iqtisodiyotni, jumladan kapitalistik xo’jalik yuritish tizimini davlat yo’li bilan boshqarishni asoslaydigan nazariya. 1929-33 yillarda AQShda ro’y bergan Buyuk tanglik — iqtisodiy inqiroz va kapitalizmning aralash iqtisodiyotga o’sib o’tishi jarayoni Boshqariladigan kapitalizm nazariyasini vujudga keltirdi. Bu nazariyaning asoschisi ingliz iqtisodchisi J. M. Keyns hisoblanadi.