BOSMA YOG’OCH

BOSMA YOG’OCH — to’quvchilikda qadimdan ishlatiladigan yog’och asbob. Serbar shoyi, atlas va boshqa mato to’qiydigan qo’l do’kon (dastaki dastgoh)ning dovoni (yog’och g’altagi) yaqinida tanda ustida turadi. Shodani (o’rish ishlarini ko’taribtushirib turadigan moslamani) bosib, tig’ga to’g’rilab beradi. Dastaki to’quv dastgoxlarida hozir ham ishlatiladi.