BOSNIYA VA GERSEGOVINA

BOSNIYA VA GERSEGOVINA (Bosna i Hercegovina), Bosniya va Gersegovina Respublikasi — Bolqon yarim orolining Markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 51,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 4 million 510 ming kishi (1996). Poytaxti — Saraevo shahri. Davlat tuzumi. Bosniya va Gersegovina respublika bo’lib, qonun ustunligi va erkin demokratik saylov asosida faoliyat ko’rsatuvchi demokratik davlat. 1995 yil 14 dekabrda kuchga kirgan Konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat boshlig’i — Bosniya va Gersegovina Prezidiumi raisi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — ikki palatali parlament Assambleyasi. Ijroiya hokimiyat Vazirlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiya boyiicha Bosniya va Gersegovina 2 tuzilma: Bosniya va Gersegovina Federatsiyasi va Serb Respublikasidan iborat. Tabiatya. Bosniya va Gersegovina hududining 90% ni tog’lar egallaydi. Pasttekisliklari Sava daryosi bo’ylab shimolga cho’ziladi va O’rta Dunay tekisligining Janub qismini tashkil etadi. Janubdagi pastqam tog’lar va serhosil tog’lararo havzalar mintaqasi 2000-2400 metrgacha balandlikdagi Dinara tog’liklariga tutashib ketadi. Sava daryosi vodiysidagi iqpim mo»tadil, kontinental (yiliga 600— 800 millimetr yog’in yog’adi), tog’larda nam va sovuq (yiliga 1500-2500 millimetrgacha yog’in yog’adi). Bosniya va Gersegovina maydonining 40% — o’rmon, shu jumladan 3/3 qismi keng bargli (dub, Buk), qolgani igna bargli (archa, qarag’ay) o’rmonlar. Asosiy daryolari — Drina, Bosna, Vrbas, Neretva. Aholisi. Bosniya va Gersegovina aholisining 43,6% ni bosniyaliklar («musulmonlar») tashkil etadi. Bu yerda serblar (31,4%), xorvatlar (17,3%) ham yashaydi. Rasmiy tili — Bosniya, serb va xorvat tili. Dindorlar musulmon-sunniylar (40%), pravoslav xristianlar (31%), katoliklar (15%) va boshqalar. Yirik shaharlari: Saraevo, Banya Luka, Zenisa, Tuzla. Tarnxya. Bosniya va Gersegovina hududida tosh davri (paleolit) da ham aholi yashagan. Qadimgi aholisi illiriylar bo’lgan. Miloddan avvalgi 3-asrda ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo bo’lgan. Qadimgi Rim ularni zabt etib, Dalmasiya viloyatiga qo’shib olgan. 6-asr birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida bo’lgan. 6-7-asrlarda bu yerga slavyanlar ko’chib kelgan. 10-asr o’rtalaridagi manbalarda Trebine, Zaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud bo’lganligi haqida ma’lumotlar bayon qilingan. 12— 14-asrlarda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. 14-asrda, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353-91)da Bosniya Qirollik deb e’lon qilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan so’ng parokandalik va o’zaro urushlar boshlandi.Qirollikning janub qismidagi hukmdorlardan biri — Stepan Vukchich 1448 yilda o’zini gersog deb e’lon qildi va uning yer mulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yilda Bosniya va 1482 yilda Gersegovinani turklar ishg’ol qildi. 1583 yilda Bosniya va Gersegovina podsholik deb e’lon qilindi. Feodallarning ko’pchiligi va aholining bir qismi Islom dinini qabul qildi. Bosniya va Gersegovinada turklarning harbiy-mustabidlik tuzumi qaror topdi. 19-asr boshlarida Bosniya va Gersegovina xalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 19-asr o’rtalarida feodallarning o’zaro kurashi tuxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872 yilda birinchi temir yo’l (BanyaLuka — Novi) ochildi. Biroq Bosniya va Gersegovina ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qo’zg’olonlarini (1834, 1852— 53, 1857-58, 1861-62 yillar) feodallar va turk ma’muriyati shafqatsiz bostirdi. 1878 yilgi Berlin Kongressining qaroriga binoan AvstriyaVengriya imperiyasi Bosniya va Gersegovinani bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908 yilda Avstriya Vengriya Bosniya va Gersegovinani o’ziga qo’shib olganligini e’lon qildi. 1918 yilda Avstriya Vengriya parchalangach, Bosniya va Gersegovina serblar, xorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929 yildan — Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 2-jahon urushi davrida 1941 yil aprelda Bosniya va Gersegovina nemis-fashist qo’shinlari tomonidan bosib olindi va «Mustaqil Xorvat davlati» tarkibiga ko’shib yuborildi. Bosniya va Gersegovina fashist bosqinchilarga qarshi xalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri bo’ldi. Urushdan keyin, 1945-92 yillarda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida bo’ldi. 1992 yil aprelda Bosniya va Gersegovina parlamenti 1992 yil 29 Fevral va 1 martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb e’lon qildi. Referendumdan norozi bo’lib unda qatnashmagan serblar 1992 yil aprelda respublikaning shimol hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil » Bosniya va Gersegovina Serbiya Respublikasi»ni e’lon qildilar; iyulda Bosniya va Gersegovina g’arbida «Gersegbosna Xorvat Hamdo’stligi» Muxtor rayoni tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qarama-qarshiligi harbiy to’qnashuvlarga aylanib ketdi. 1993 yilda uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada bo’lib o’tgan muzokaralarida Bosniya va Gersegovina Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari to’g’risidagi hujjat ma’qullandi. 1995 yil 21 noyabrda AQShning Dayton shahri yaqinidagi harbiy havo kuchlari bazasida Bosniya va Gersegovinada tinchlik to’g’risidagi umumiy bitim imzolandi. Bosniya va Gersegovina 1992 yildan BMT a’zosi. O’zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1996 yil 14 mayda o’rnatgan. Asosiy siyosny partiyalari. Demokratik harakat partiyasi, musulmonlar partiyasi, 1990 yilda asos solingan; Bosniya va Gersegovina serb demokratik partiyasi, 1990 yilda tuzilgan; Bosniya va Gersegovina Xorvat demokratik Hamdo’stligi; «Bosniya va Gersegovina uchun», partiya, 1996 yil tuzilgan; Serb xalq Ittifoqi, partiya, 1997 yil tashkil etilgan. Xo’jaligi. 1992-95 yillardagi urush harakatlari boshlangunga qadar Bosniya va Gersegovina milliy daromadida qishloq xo’jaligi ulushi 10,9%, sanoat ulushi 57,6% ni tashkil qilgan (1989). Urushgacha sanoatda qo’ng’ir ko’mir, temir va marganes rudalari, boksit qazib chiqarish, gidroenergiya hosil qilish, shuningdek metallurgiya, kimyo, o’rmon, yog’ochsozlik, mashinasozlik, oziqovqat va yengil sanoat rivojlangan. Bosniya va Gersegovinada qo’ng’ir ko’mir va lignit zaxiralari (Tuzla, Zenisa, Kakan, Breza, Banovichi yaqinida) mavjud. 1990 yil 14,6 milliard kVtsoat elektr energiyasi hosil qilingan. Varesh va Lyubiya ruda konlarida temir rudasi qazib olingan. Zenisadagi kombinat, Iliyash va Vareshdagi zavodlarda qora metallar ishlab chiqarilgan. Bosniya va Gersegovinada temir yo’l uzunligi 1000 kilometr, avtomobil yo’llari uzunligi 21,1 ming kilometrni tashkil etgan (1991). Qishloq xo’jaligida mamlakat hududining 1/2 qismidan foydalaniladi, uning 50% — ekinzor, bog’va tokzorlar, qolgan qismi o’tloq va tog’yaylovlari bo’lgan. Makkajo’xori, bug’doy, kartoshka, texnika ekinlaridan zig’ir, qand lavlagi, tamaki yetishtirilgan. Chorvachilik rivojlangan. Pul birligi — Bosniya markasi. Matbuoti. Bosniya va Gersegovinada nashr etiladigan asosiy gazetalar: «Oslobodjene» («Ozodlik», kundalik gazetasi, 1943 yildan), «Vecherne novine» («Oqshom yangiliklari», kundalik gazeta, 1964 yildan). Bosniya va Gersegovina radiotelevideniyesi 4 radio va 2 teleko’rsatuv dasturi asosida ishlaydi. 1945 yildan radioeshittirishlar, 1969 yildan teleko’rsatuvlar olib boriladi. Tibbiy xizmati, maorifi. Bosniya va Gersegovinada 90-yillar boshida 1000 kishiga kasalxonalarda 5,8 o’rin va 2,6 shifokor to’g’ri kelgan. Maorif tizimi boshlang’ich maktab, gimnaziya, hunar va texnika o’quv yurtlaridan iborat. Mamlakatda 4 universitet mavjud.